Bayden va uning oilasi Xitoydan millionlab dollar olgani aniqlandi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning oila a’zolari u vitse-prezident lavozimida bo‘lgan davrda Xitoydan millionlab dollar olgani aniqlandi. Bu haqda 10 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSH Kongressi Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qo‘mitasi raisi Jeyms Komer ma’lum qildi.

“Amerika xalqi bilan halol bo‘lish o‘rniga, Bayden 2020 yilgi saylovlardan beri uning oilasi Xitoydan pul olmaganini da’vo qildi. Bu 2020 yilda yolg‘on edi. Va u hozir ham Amerika xalqiga yolg‘on gapirishda davom etmoqda. Baydenlar Xitoydan millionlab dollar pul olgan. Prezident bu haqda bilmasligini tasavvur qilib bo‘lmaydi”, degan Jeyms Komer.

Shuningdek, Vakillar palatasi qo‘mitasi Baydenlar va ular bilan bog‘liq bo‘lganlar o‘z boyligi uchun foydalanilganini aniqlagan 20 dan ortiq kompaniyalarning murakkab va shubhali tarmog‘idan xavotirda ekanini bildirgan.  

"Bu firmalarning aksariyati Jo Bayden vitse-prezident bo‘lgan davrda yaratilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar edi. Bank yozuvlari Baydenlar oilasi, unga aloqador shaxslar va ularning kompaniyalari xorijliklar va ularning kompaniyalaridan 10 million dollardan ko‘proq mablag‘ olganini ko‘rsatadi”, deydi Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qo‘mitasi raisi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham AQSH Kongressining respublikachilar qo‘li ostidagi Nazorat va javobgarlik qo‘mitasi Prezident Baydenning oilasini Xitoy kompaniyasidan pul olganini aniqlaganini e’lon qilgandi. Bayden esa buni rad etgandi. Oradan ko‘p o‘tmay qo‘mitadagi demokratlar tomonidan AQSHning sobiq rahbari Donald Tramp prezidentlik davrida xorijiy yetakchilardan olgan umumiy qiymati taxminan 291 ming dollar bo‘lgan yuzdan ortiq sovg‘alar haqida hisobot bermagani aniqlagandi. Trampning ro‘yxatdan o‘tmagan sovg‘alari orasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan hadiya qilingan bahosi taxminan 12 ming dollar atrofidagi ipak gilam ham bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing