Bayden va Sunak avtoritarlarga qarshi birga kurashishga kelishib oldi

Olam

image

Bugun, 12 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Belfastda AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashdi. Tomonlar Shimoliy Irlandiyadagi siyosiy vaziyat va global iqtisodiy muammolarni muhokama qildi. Bu haqda Britaniya hukumati rahbari idorasi tarqatgan bayonotda so‘z bordi.

“Bosh vazir Prezident Baydenga Amerika fuqarolari va korxonalari Shimoliy Irlandiyaning gullab-yashnashida ko‘p milliard funt sterling sarmoya kiritib, o‘n minglab ish o‘rinlari yaratgani uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Sunak va Bayden muzokaralar chog‘ida London va Vashington o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga ham to‘xtalgan. Ular avtoritar rahbarlar tomonidan global bozorlarni manipulyatsiya qilinishi har qachongidan ham AQSH va Buyuk Britaniyaning iqtisodiy salomatligi va xavfsizligini saqlash uchun birgalikda ishlashi zarurligini taqozo qilishini ta’kidlagan.

Yetakchilar may oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida va iyun oyida Sunakning Vashingtonga tashrifi chog‘ida iqtisodiy xavfsizlik masalalarini muhokama qilishni davom ettirish niyatida ekani qayd etilgan. Bundan tashqari, ular G7 va G20 kabi global forumlardan iqtisodiy majburlash va bozor manipulyatsiyasiga qarshi kurashish hamda mamlakatlar iqtisodiy farovonligini oshirish uchun foydalanish muhimligi haqida fikr almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Rishi Sunak iqtisodiy hamkorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing