Bayden va boshqa G7 yetakchilari Xirosimada atom bombasidan omon qolgan kishi bilan uchrashdi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va G7 davlatlarining boshqa yetakchilari Xirosimada 1945 yil 6 avgustdagi Amerika atom bombasidan omon qolgan kishi bilan uchrashdi. Bu haqda bugun, 19 may kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 19 may kuni sammitda ishtirok etish uchun Yaponiyaga borgan G7 davlatlari yetakchilari Xirosimadagi Tinchlik bog‘ida o‘rnatilgan atom bombasi qurbonlari xotirasiga gulchambarlar qo‘ygan. Gulchambarlar qo‘yishdan avval ular bombardimon va yadro qurollari haqidagi ko‘rgazmaga ega bo‘lgan Tinchlik muzeyiga ham borgan va tashrif buyuruvchilar kitobiga eslatmalarni qoldirgan.

Ma’lumot uchun, AQSH tomonidan Ikkinchi jahon urushining oxirida Yaponiyaning taslim bo‘lishini tezlashtirish uchun Xirosima va Nagasakiga atom bombalari tashlangan. Bu insoniyat tarixida yadro qurolidan jangovar foydalanishning yagona namunasi hisoblanadi. Xirosimadagi portlash paytida, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 70 mingdan 100 minggacha, Nagasakida esa 70 ming kishi halok bo‘lgan. Jabrlanganlarning umumiy soni, shu jumladan, keyinchalik nurlanish kasalligi, saraton va boshqa kasalliklardan vafot etganlar hozirda 500 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden 19-21 may kunlari Xirosimada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida qatnashish uchun Yaponiyaga borgan edi. AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan esa G7 sammiti chog‘ida Bayden AQSH tomonidan Yaponiyaning Xirosima shahri portlatilgani uchun uzr so‘ramoqchi emasligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden G7 etakchilari atom bombasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing