Bayden Ukraina uchun lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Olam
−
10 may 2022
7997Kecha, 9 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni soddalashtirish maqsadida Ukrainaga lend-liz bo‘yicha qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi yordamchisi Anjela Peres o‘zining Twitter’ida ma’lum qildi.
“Ukrainaning 2022 yilgi demokratiyasini himoya qilish uchun ijaraga berish to‘g‘risidagi qonun imzolandi”, deb yozgan u va Baydenning Oq uyning Oval kabinetida hujjatni imzolagani fotosuratini ilova qilgan.
Oq uy matbuot xizmatiga ko‘ra, davlat rahbari yana bir bor AQSH Ukrainani “mamlakat va demokratiyani himoya qilish kurashida” qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.
“Har kuni ukrainaliklar o‘z hayotlari uchun kurashmoqda ... Jang narxi arzon emas, ammo tajovuzga taslim bo‘lish bundan ham qimmat”, deya Baydenning so‘zlaridan iqtibos keltirilgan.
Oxirgi marta Ikkinchi jahon urushi davrida qo‘llangan lend-liz dasturi AQSH Senati tomonidan joriy yilning aprelida qayta tiklandi. Bundan oldin qonun 1941 yilda qabul qilingan.
Qonun Qo‘shma Shtatlarga Kiyevga tezda qurol-yarog‘, transport, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur narsalarni ijara asosida yoki bepul yetkazib berishga yo‘l ochadi.
AQSH 1941 yilda Ikkinchi jahon urushiga kirgunga qadar, urushda faol qatnashmagan bo‘lsa-da, bu qonundan Britaniya va uning boshqa ittifoqchilariga moddiy yordam ko‘rsatish uchun foydalangan.
LiveBarchasi