Bayden Ukraina nega NATOga qo‘shilmaganini Zelenskiyga yotig‘i bilan tushuntirmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ukrainalik mavqedoshi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda unga Vilnyusdagi alyans sammitida nima uchun mamlakat NATOga qabul qilinmaganini bevosita tushuntiradi. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOga kirishdan oldin har qanday davlat demokratik islohotlar nuqtai nazaridan ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bu Ukrainaga ham tegishli. Sallivanning aytishicha, NATO davlatlari Ukraina bilan uning alyansga a’zo bo‘lish yo‘lida hamkorlik qilish niyatida, biroq hozir uni taklif qilishga tayyor emas.

“Prezident Zelenskiyning bu masala bo‘yicha nuqtai nazari boshqacha. Prezident Bayden bugun telefon suhbatlari va uchrashuvlarida bo‘lgani kabi unga sabablar, o‘z mulohazalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qiladi, shuningdek, Prezident Zelenskiyni ham diqqat bilan tinglaydi”, deydi Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi.

Ma’lumot uchun, kecha, 11 iyul kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg blok mamlakatlari Ukrainaning a’zo bo‘lish bo‘yicha harakat rejasini bekor qilishga qaror qilganini e’lon qilgan va barcha shartlar bajarilganda Kiyevni ittifoqqa taklif qilishga va’da bergan. Unga ko‘ra, Ukrainaning kirishi shartlarini alyansga a’zo davlatlar baholaydi. Shartlar haqida gapirar ekan, Stoltenberg Ukraina mudofaa va xavfsizlik institutlarini modernizatsiya va isloh qilishi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, u NATO mamlakatlarning ittifoqqa qo‘shilish jarayonida hech qachon muddat belgilamasligini aytgan. 

Bundan tashqari, Stolenberg alyans Ukrainada urush davom etar ekan, uning ittifoqqa qo‘shilishi mumkin emasligini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Ukraina Zelenskiy Bayden Vil'nyus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing