Bayden Szinpin bilan uchrashganidan keyin uni yana diktator deb atadi (video)
Olam
−
16 noyabr 2023
11315AQSH Prezidenti Jo Bayden San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasidagi Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralaridan so‘ng uni hali ham “diktator” sifatida bilishini aytdi. Bu haqda u Xitoy Raisi bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Matbuot anjumanida Baydendan muzokaralardan so‘ng Si Szinpin haqidagi fikrini o‘zgartirgani yoki yo‘qligi haqida so‘raldi.
“Quloq soling, u shunday... Hukumati biznikidan mutlaqo farq qiladigan kommunistik mamlakatni boshqaruvchi diktator", degan Bayden savolga javoban.
Ma’lumot uchun, Bayden joriy yilning iyun oyida ham Xitoy havo sharlari Amerika Qo‘shma Shtatlarida ko‘rinib, urib tushirilgani haqidagi voqeani izohlayotganida Szinpinni "diktator" deb atagandi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Szinpin missiya haqida bilmagani uchun bu voqeadan xavotirga tushgan.
“Ularning nima bo‘lganini bilmasligi – bunday diktatorlar uchun katta sharmandalik”, degan o‘shanda AQSH Prezidenti.
Shundan so‘ng, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ningning Baydenning so‘zlari asosiy faktlar va diplomatik protokollarga zid kelishini, bu Xitoyning siyosiy qadr-qimmatini jiddiy ravishda haqorat qilishi va ommaviy siyosiy provokatsiya ekanini aytgan.
LiveBarchasi