Bayden Trampning oqlanganiga izoh berdi

Olam

image

Kapitoliyning bostirib kirilishi AQSH tarixdagi qayg‘uli sahifa, Donald Trampga qo‘yilgan ayblovlarning mohiyati shubhasizdir, dedi Amerika Prezidenti Jo Bayden Senatning sobiq davlat rahbarini oqlash qarorini izohlab.

"Yakuniy ovoz berish aybdorlikni tasdiqlamagan bo‘lsa-da, ayblovlarning mohiyati shubhasizdir”, deyiladi Baydenning bayonotida.

Tramp isyonga chorlovda ayblangandi. Ammo Senatda bu ayblov yetarlicha qo‘llab-quvvatlashga erisholmadi. Yuqori palatada 57 nafar senator impichmentni ma’qulladi. Ammo ijobiy qaror chiqarish uchun 67 nafar senatorning ovozi kerak edi.

Bayden Trampning impichmenti uchun ovoz berganlarning yetti nafari respublikachilar ekanini eslatib o‘tgan.

“Jazolash uchun qarshi bo‘lganlar, masalan, Senatdagi ozchilik yetakchisi Makkonnell Donald Tramp “o‘zi vazifasini bajarmaslik” va Kapitoliydagi zo‘ravonlik uchun “amaliy va axloqiy tashviqotda” aybdor deb hisoblaydi”, degan Bayden.

Avvalroq, AQSH Kongressi Senatidagi yakuniy ovoz berish jarayonida Tramp oqlangani haqida xabar bergan edik. Trampning o‘zi bu jarayonni “jodugar ovi” deb atab, Amerikaning buyuk kelajagi uchun harakatni davom ettirishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Jo Bayden

Baholaganlar

261

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing