Bayden Trampga qarshi ochilgan ishlarga aralashsa, Bosh prokuror iste’foga chiqadi

Olam

image

AQSH bosh prokurori Merrik Garland, agar AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi prezident Donald Trampga nisbatan tergovga aralashishga urinsa, iste’foga chiqishga tayyorligini aytdi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Garlandning aytishicha, Tramp bilan bog‘liq tergov jarayoni Bayden yoki uning ma’muriyati bilan muhokama qilinmaydi. Agar Baydendan tegishli so‘rov olingan bo‘lsa, davom etayotgan tekshiruvlar bilan bog‘liq biror o‘zgarish bo‘larmidi, degan savolga AQSH Bosh prokurori "bunday bo‘lmasligiga ishonchi komil" ekanini bildirgan.

“Ammo men hech narsa qilmagan bo‘lardim. Agar kerak bo‘lsa, iste’foga chiqardim. Lekin bu sodir bo‘lishiga hech qanday dalil ko‘rmayapman. Bayden hech qachon bu tergovlarga aralashishga urinmagan”, degan Garland.

Qayd etish joizki, Merrik Garland rasman hech qaysi partiyaga a’zo bo‘lmasada, u demokrat prezidentlar davrida yuqori lavozimlarga tayinlangan. Biroq Senatdagi respublikachilar bu tayinlovlarga qarshilik qilishga uringan. 

Ma’lumot uchun, 2017-2021 yillarda AQSHda eng yuqori davlat lavozimini egallab kelgan Tramp mamlakatda bir qancha jinoyatlarda ayblanmoqda – soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va ta’qib qilishdan tortib, rasmiy mavqeidan foydalangan holda mansabdor shaxslarga bosim o‘tkazish va davlat to‘ntarishiga urinishgacha. Ko‘p ayblovlar bo‘yicha siyosatchini uzoq muddat qamoq jazosi kutmoqda. Shunga qaramasdan, Tramp 2024 yilgi saylovlarda respublikachilardan eng yuqori reytingdagi nomzod sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Jo Bayden Merrik Garland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing