Bayden tez orada Ukrainaga oxirgi yordam paketini e’lon qiladi – OAV
Olam
−
21 dekabr 2024
1843Bayden ma’muriyati yaqin kunlarda Ukrainaga xavfsizlik yordamining yakuniy paketini e’lon qiladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu paketda Ukrainaga yangi qurol-yarog‘lar sotib olish uchun ajratilgan oxirgi mablag‘lar sarflanadi.
“Yordam paketi havo mudofaa tizimlari va artilleriya o‘qlarini o‘z ichiga oladi”, deyiladi xabarda.
Manbalarga ko‘ra, paketning qiymati taxminan 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. Yordam doirasida harbiy jihozlar mudofaa sanoati yoki ittifoqchilardan sotib olinadi, bu esa ularni frontga yetkazib berish uchun oylar yoki yillar olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning 2022 yil fevralidagi yurishidan buyon AQSH Ukrainaga 175 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatgan. Shu jumladan xavfsizlik yordamiga 61,4 milliard dollar sarflangan.
Xavfsizlik yordamining yarim qismi USAI dasturi orqali amalga oshirilgan, qolgan qismi esa Prezident tomonidan harbiy zaxiralardan chiqarish orqali amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimiga kirishgach, Ukrainaga yordam berishda davom etishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi