Bayden Texasdagi fojiadan keyin xalqiga va Kongressga murojaat qildi

Olam

image

Amerikada jamoat joylarida, xususan ta’lim muassasalarida yangi otishmalarning oldini olish uchun mamlakat Kongressi chora ko‘rishi kerak. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Texasdagi maktabda yuz bergan fojiaga munosabat bildirib, aytib o‘tdi.

“Biz Xalq sifatida so‘rashimiz kerak: Xudo nomi bilan, qachon biz qurol lobbisiga qarshi chiqamiz?”, degan Prezident xalqqa murojaatida. 

Bayden Texasdagi maktabda uyushtirilgan hujumla o‘lganlar xotirasiga bayroqlarni tushirishni buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 24 may kuni Texas shtatining Yuvalde shahridagi maktabda 18 yoshli yigit Salvador Ramos 19 nafar bola va ikki nafar katta odamni o‘ldirdi. Keyinroq politsiya hujumchini zararsizlantirdi. Jinoyatchining motivlari hali aniqlanmagan.

Sevinch To‘xtaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Texas Bayden

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing