Bayden tarixga o‘zini terrorchi sifatida yozdi – Volodin

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘zini tarixga terrorchi sifatida yozdi. Bu haqda 9 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida yozdi. 

AQSH Prezidenti Kongressda so‘zlagan nutqida Amerika xalqi dunyo uchun yo‘l ko‘rsatuvchi nur bo‘lib xizmat qilishini aytdi, deb esladi Volodin.  

“Bu Uchinchi Reyx rahbarlarining bayonotlarini eslatadi. Bu eksklyuzivlik mafkurasi nimaga olib kelishini bugun Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh tomonidan Baydenning “Shimoliy oqim”ga putur yetkazishga aloqadorligi haqidagi tergov natijalarini o‘qish orqali ko‘rish mumkin”, deydi Rossiya Davlat Dumasi raisi. 

Volodinning ta’kidlashicha, AQSH Prezidentining ko‘rsatmasi bilan amerikalik g‘avvoslar NATO mashg‘ulotlari niqobi ostida va Norvegiya harbiy-dengiz kuchlari ko‘magida Boltiq dengizidagi gaz quvurlari yaqiniga masofadan boshqariladigan portlovchi moslamalarni o‘rnatgan, keyin esa ularni ishga tushirgan.  

“Agar Trumen Xirosima va Nagasakida tinch aholiga qarshi atom qurolini qo‘llagan jinoyatchiga aylangan bo‘lsa, Bayden o‘zining strategik hamkorlari: Germaniya, Fransiya, Gollandiyaning energetika infratuzilmasini yo‘q qilishga buyruq bergan terrorchiga aylandi”, deb ta’kidladi u. 

Volodinning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘z fuqarolari manfaatlaridan kelib chiqib, iqtisodiyotni rivojlantirishga qaror qilgan vassallarini qo‘rqitish harakati edi. 

E’lon qilingan faktlar xalqaro tergov, Bayden va uning sheriklarini javobgarlikka tortish, shuningdek, teraktdan jabrlangan mamlakatlarga tovon to‘lash uchun asos bo‘lishi kerak, deya qo‘shimcha qildi u.


Maqola muallifi

Teglar

Vyacheslav Volodin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing