Bayden Si Szinpinni Ukrainada Rossiyaga yordam bermaslik haqida ogohlantirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoy rahbari Si Szinpinni Pekin Rossiyaning Ukrainadagi urushiga moddiy yordam bersa qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Oq uyning AQSH va Xitoy rahbarlarining videokonferensiya orqali ikki soat davom etgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotida aytilgan.

Xabarda aytilishicha, muzokaralar chog‘ida asosiy e’tibor Rossiyaning Ukrainaga hech qanday sababsiz bostirib kirishiga qaratilgan. AQSH ma’muriyatining qo‘shimcha qilishicha, Bayden suhbatdoshiga AQSHning bunga yo‘l qo‘ymaslik harakatlari haqida gapirib bergan.

“Bayden Xitoyning Ukraina shaharlari va tinch aholiga shafqatsiz hujumlar uyushtirishda Rossiyaga moddiy yordam ko‘rsatishi oqibatlarini aytib o‘tdi. Prezident inqirozni diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi”, deyiladi Oq uy bayonotida.

Muloqot chog‘ida Bayden Rossiya Ukrainada biologik qurol ishlab chiqilayotgani haqidagi yolg‘on ma’lumotlar tarqatayotganini aytib, shu orqali o‘z harbiy harakatlarini oqlashga urinayotganini urg‘ulagan.

Qayd etilishicha ikki davlat rahbarlari, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqa kanallarini ochiq saqlash zarurligi haqida kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1018

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing