Bayden Si Szinpin bilan shaxsan uchrashmoqchi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 15 noyabr kuni Xitoy rahbari Si Szinpin bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Ta’kidlanishicha, onlayn uchrashuvda Bayden muhim sohalarda xalqaro hamkorlik muhimligini qayd etgan. 

“Biz iqlim o‘zgarishi kabi global masalalarda birgalikda ishlash uchun qandaydir sog‘lom fikrda himoya to‘siqlarini qo‘yishimiz kerak”, degan Amerika rahbari. 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, bunday yondashuv “mas’uliyatli dunyo rahbariyati”ning namunasi bo‘ladi va “birorta davlatga xayrixohlik”ni anglatmaydi. 

Amerika rahbarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar “dunyoning qolgan qismiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi”. Baydenga ko‘ra, “barcha davlatlar bir xil qoidalar bo‘yicha o‘ynashi kerak”. 

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar “hamisha o‘z manfaatlari va qadriyatlarini, shuningdek ittifoqchi va sheriklarini himoya qiladi”. 

“AQSH va Xitoy rasmiylari davlatlar o‘rtasidagi raqobat mojaroga olib kelmasligi uchun hamma narsani qilishi kerak. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi raqobat mojaroga aylanib qolmasligini ta’minlash Xitoy va AQSH yetakchilari sifatida bizning vazifamizdir. Faqat oddiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat”, degan Prezident. 

Bayden, shuningdek Si Szinpin bilan shaxsan uchrashishga umid qilayotganini ta’kidlagan. 

“Umid qilamanki, keyingi safar biz Xitoyga sayohat qilganimizda bo‘lgani kabi yuzma-yuz gaplashamiz”, degan Amerika rahbari. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, u XXR Prezidenti bilan “ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat” bo‘lishini kutmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, onlayn uchrashuvda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken, Moliya vaziri Janet Yellen, Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan, shuningdek Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining Xitoy bilan bog‘liq masalalarni nazorat qiluvchi bir qator amaldorlari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Bayden

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing