Bayden Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llanilishini aytdi

Olam

image

Bugun, 24 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilganini aytdi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytiga joylangan bayonotda ma’lum qilindi.

“Bugun biz majburiy ko‘chirish va deportatsiya qilishda aybdorlarni javobgarlikka tortish va ukrainalik bolalarni o‘z oilalariga qaytarishni talab qilish uchun yangi sanksiyalarni e’lon qildik”, deyiladi bayonotda.

Biroq Oq uy bayonotida sanksiyalar haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, AQSH rahbari Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabriklagan va mamlakat Kiyevga kerakli yordamni ko‘rsatishda davom etishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishda Rossiyaga yordam bergani uchun Qirg‘izistonga nisbatan jazo choralarini tayyorlayotgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, Qirg‘izistondan Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilish taqiqlangan mahsulotlar masalan, dronlar yetkazib berilgan bo‘lishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya sanktsiya Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing