Bayden Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi
Olam
−
04 mart 2021
3843AQSH Prezidenti Jo Bayden 2014 yilda Qrim va Ukrainadagi voqealar ortidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar muddatini uzaytirdi. Endi cheklovlar 2022 yil 6 martgacha kuchda qoladi. Tegishli hujjat Federal bazada e’lon qilingan.
Bu sanksiyalar dastlab Barak Obama Prezidentligi davrida joriy qilingan, keyinroq Donadd Tramp davrida to‘ldirilgan va muddati uzaytirilgan.
Qarorga berilgan tushuntirish xatida Jozef BAyden Rossiyaning siyosati va harakatlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga noodatiy va favqulodda xavf tug‘dirayotganini aytib o‘tgan.
2014 yilda Obama tomonidan qabul qilingan birinchi qarorda sanksiyalarning joriy qilinishiga Ukrainadagi demokratik jarayonlarni izdan chiqarish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzilishi munosabati bilan deya izoh berilgandi.
O‘sha yilning o‘zida Vashington yana uch marta Rossiyaga qarshi choralarni kengaytirdi. Tegishli hujjatlarda “Qrimning Rossiya tomonidan okkupatsiya qilinishi” deb ta’kidlangan. Keyingi safar 2018 yil sentyabrda Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxati kengaytirildi.
Ma’lumot uchun, Qrim 2014 yil bahorida Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan. Rasmiy Moskva Qrimning qo‘shilishini 16 martdagi referendum natijasi deb ko‘rsatadi. Ammo ungacha ham yarimorolda Rossiya harbiylari bo‘lgani va strategik nuqtalarni egallagani haqida ma’lumotlar keltirilgan. G‘arb davlatlari Rossiyaning bu harakatini qoralab, uni bosqinchilikda aybladi va cheklovlar joriy qildi.
LiveBarchasi