Bayden Rossiyaga qarshi rejalar tuza boshladi – “Reuters”
Olam
−
21 dekabr 2020
12485AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden 2021 yil yanvarda vazifasiga kirishgach, Rossiyaning Amerika federal tuzilmalariga uyushtirilgan kiberhujumlarga aloqadorligiga javob qaytarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Reuters” vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbalariga asoslanib xabar berdi.
Agentlik bilan suhbatlashgan manbalardan biri rasmiy Vashington Moskva uchun jiddiy iqtisodiy, moliyaviy va texnologik yo‘qotishlarga olib keladigan choralarni amalga oshirmoqchi ekanligini aytdi.
Shu bilan birga, AQSH o‘z harakatlarini mamlakatlar o‘rtasidagi mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yo‘naltirmoqchi.
Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, ruslarning kiberhujumlariga javob berishning mumkin bo‘lgan variantlari Baydenning maslahatchilari o‘rtasida muhokama qilinyapti, chunki saylangan Prezidentning jamoasi razvedka ma’lumotlariga ega emasligi sababli vaziyatdan yaxshi xabardor emas.
Qo‘shma Shtatlarda kiber tahdidlarga qarshi choralarni kuchaytirish, javob kiber xurujlari, moliyaviy sanksiyalar mo‘ljallangan javob sifatida qabul qilinadi.
Dekabr oyi o‘rtalarida Amerika ommaviy axborot vositalari Rossiya Tashqi razvedka xizmatida ishlaydigan APT29 guruhining (shuningdek, “Cozy Bear” nomi bilan tanilgan) xakerlari bir qator federal agentliklarga tajovuz qilgani va bir necha oy davomida xodimlarning yozishmalariga kirish huquqiga ega bo‘lganliklari haqida xabar berishdi.
LiveBarchasi