Bayden Rossiya bilan amaldagi yagona shartnoma muddatini uzaytirmoqchi
Olam
−
22 yanvar 2021
5752AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiya bilan tuzilgan strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnomani besh yilga uzaytirmoqchi. Bu haqda "The Washington Post"ga asoslanib xabar berilgan.
"Prezident Bayden muddati tugashidan bir necha kun oldin dunyodagi ikkita yirik yadro arsenalini cheklab qo‘ygan Rossiya bilan tuzilgan amaldagi yagona shartnomani besh yilga uzaytirishga intilmoqda", deyilgan xabarda.
Qaror joriy yilning 5 fevral kuni Vashington tomonidan shartnomani uzaytirishning oxirgi muddati ekani bilan bog‘liq.
Ma’lumot o‘rnida, strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma Rossiya va AQSH tomonidan 2010 yilda imzolangan. Bu ikkala tomonning strategik hujum qurollarini qisqartirishni o‘z ichiga oladi. U o‘n yil muddatga tuzilgan.
Hozirda Moskva va Vashington qurollarni nazorat qilish tizimini yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
LiveBarchasi