Bayden Putin bilan uchrashuv oldidan yana bir ishni hal qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download
Shveysariya Bayden-Putin uchrashuv munosabati bilan havo hududidan foydalanishga cheklovlar qo‘ydi  north_east

Shveysariya Bayden-Putin uchrashuv munosabati bilan havo hududidan foydalanishga cheklovlar qo‘ydi 

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 16 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkaziladigan sammit oldidan  Shveysariya rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Bayden Rossiya rahbari bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rgan Shveysariyaga  minnatdorlik bildirdi, deb xabar bergan Oq uy sayti.  

“Prezident Jozef Bayden bugun Shveysariya Prezidenti Gi Parmelen va Tashqi ishlar vaziri Inyatsio Kassis bilan uchrashdi. Prezident Bayden 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH-Rossiya sammitini tashkillashtirgani uchun Prezident Parmelenga minnatdorlik bildirdi va Shveysariyaning diplomatiya va muzokaralar uchun neytral hududni ta’minlashdagi beqiyos rolini hurmat qilishini aytdi”, deyilgan xabarda. 

Avvalroq, Amerika rahbari Jo Bayden Jeneva shahriga yetib kelgani haqida xabar berilgandi. Bugungi sammitda ko‘pgina xalqaro masalalarga yechim topilishi kutilmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, Putin hamda Bayden o‘rtasidagi uchrashuv bugun soat 13:00 da boshlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing