Prezident Bayden birinchi qaysi davlatda mehmon bo‘lishi oydinlashdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda CBS'ga asoslanib xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat aholisini koronavirusga qarshi emlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan. 

Bundan tashqari, Kanada va Amerika rahbarlari mudofaa sohasida, shuningdek, energetika va Arktika masalasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi to‘g‘risida kelishib olgan. 

Shuningdek, siyosatchilar kelasi oy epidemiologik vaziyat sharoitida imkon qadar tezroq shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Harrisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Bayden rasman AQSHning 46-prezidenti bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kanada

Baholaganlar

610

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing