Bayden oilasi 2020 yil qancha daromad ko‘rgani ochiqlandi

Olam

image

Oq uy e’lon qilgan soliq deklaratsiyalariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden birinchi xonim Jil Bayden bilan birga o‘tgan yili 600 ming dollardan sal ko‘proq daromad qilgan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Shu bilan birga, vitse-prezident Kamala Xarris va uning eri Dag Emxoff 2020 yilda 1,6 million dollardan ko‘proq mablag‘ ishlab olgan.

Qayd etilishicha, Bayden 157 ming dollar miqdorida federal daromad solig‘ini 25,9 foiz samarali stavka bilan to‘lagan.

Jo va Jil Bayden 10 xil xayriya tashkilotlariga 30 ming dollar miqdorida xayriya qilgan.

Eng katta xayr-ehson 2015 yilda onkologik kasallikdan vafot etgan Jo Baydenning o‘g‘li Bo Bayden nomidagi fondga ajratilgan 10 ming dollar edi.

Qayd etilganidek, vitse-prezident Xarris va uning eri 2020 yilda taxminan 1,7 million dollar ishlab topgan, ular 36,7 foiz samarali stavka bo‘yicha 621 ming dollar federal daromad solig‘ini to‘lagan.

Xarrislar oilasi 2020 yilda xayriya ishlariga 27 ming dollar ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing