Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi
Olam
−
25 iyul
8876AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi.
“Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden.
BBC xabariga ko‘ra, Bayden so‘nggi haftalarda u mamlakat va Demokratik partiyani birlashtirishi kerakligini tushunganini va oldinga siljishning eng yaxshi yo‘li “estafetani yangi avlodga topshirish” ekanligini aytdi.
“Bu xalqimizni birlashtirishning eng yaxshi usuli. Ko‘p yillik tajribaga ega odamlar uchun jamiyatda vaqt va o‘rin bor. Yangi va yosh ovozlar uchun ham vaqt va joy bor. Men bu lavozimni afzal ko‘raman, lekin o‘z vatanimni yanada yaxshi ko‘raman. Bu mamlakatga Prezident sifatida xizmat qilish mening hayotim sharafi bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Bayden, shuningdek, amerikaliklarni yaqin kelajakda AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lishi kerak bo‘lgan Kamola Harrisni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
“Men o‘z tanlovimni qildim, endi tanlov sizniki”, deydi Bayden.
“Politico” va CNN manbalarga tayanib yozishicha, Jo Bayden o‘zining ikki yaqin maslahatchisi Mayk Donilon va Stiv Rikchetti bilan uchrashuvdan so‘ng, noyabr oyidagi saylovlarda nomzodini qaytarib olishga qaror qilgan.
LiveBarchasi