Bayden nega ba’zi qurollarni Ukrainaga bermayotgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga ko‘rsatilayotgan qurolli yordam komponentlarini harbiy harakatlar jarayonidagi o‘zgarishlar tufayli o‘zgartirmoqda. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi nega Prezident Jo Bayden Ukrainaga ma’lum toifadagi halokatli qurollar berishdan bosh tortadi, degan savolga javoban aytib o‘tdi.

“Biz Ukraina bilan har kuni ularning imkoniyatlaridagi kamchiliklar, ehtiyojlari nimada ekani haqida ishlayapmiz. Buning sababi shundaki, biz buni jang maydonida sodir bo‘layotgan voqealarga moslashtirmoqchimiz”, degan u brifingda.

Milliy xavfsizlik kengashi koordinatorining tushuntirishicha, dastlab gap ko‘proq tankga qarshi va zenit tizimlari - Javelin va Stinger haqida bo‘lgan. Vaziyatning rivojlanishi bilan Qo‘shma Shtatlar artilleriya yetkazib berishni va ukrainaliklarni undan foydalanishni o‘rgatishni boshlagan.

“Urush rivojlanishi va o‘zgarishi bilan ularning ehtiyojlari o‘zgarib bormoqda va bizning hissamiz ham o‘zgarmoqda”, degan Kirbi. 

U Qo‘shma Shtatlar keskinlashuvga olib keladigan harakatlardan qochishini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq “Reuters” agentligi AQSH Ukrainaga MQ-1C Gray Eagle dronlarini sotish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib qo‘ygani haqida xabar bergandi. Bunga rasmiy Vashingtonning o‘z qurilmasi rossiyalik mutaxassislar qo‘liga tushishidan xavotirlangani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

591

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing