Bayden Messiga medal topshirdi

Sport

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden futbolchi Lionel Messini mamlakatning eng oliy “Ozodlik” medali bilan taqdirladi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Prezident Bayden bugun, 4 yanvar kuni Oq uyda o‘tkazilgan MBA afsonasi Mejik Jonson va bir qator taniqli sportchilar ishtirok etgan tadbirda Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi futbolchisi Lionel Messiga “Ozodlik” medalini taqdi. 

Ma’lumot o‘rnida, ushbu “Ozodlik” medali mamlakatdagi eng oliy medal hisoblanadi.

37 yoshli Messi 2023 yildan buyon Florida klubida to‘p tepib kelmoqda. “Transfermarkt” portali 20 million yevroga baholagan futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda klub safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Amerika jamoasi bilan shartnomasi shu yil oxirida yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing