Bayden malakasiz — AQSH Kongressi nimadan xavotirda? 

Olam

image

Xabaringiz bor, ayni paytda Jenevada Rossiya va Amerika Prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden muzokaralar olib bormoqda. Bayden va Putin o‘rtasidagi tor doiradagi muzokaralar soat 16:20 (Toshkent vaqti bilan 18:20) da yakunlandi. Bu haqda Rossiya rahbarining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.  

“Tor doiradagi muzokaralar yakunlandi”, degan Peskov. 

Jadvalga ko‘ra uchrashuvning ikkinchi qismi tanaffusdan keyin Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanishi kerak edi. Biroq Prezidentlar o‘rtasidagi tor doiradagi muzokaralar cho‘zilib ketgan. 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Loren Bobert Twitter’dagi sahifasida Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Alyaska shtatini unga qaytarib berishidan xavotirda ekanini bildirgan. 

“Bugun men Amerika uchun ibodat qilaman, chunki hech qachon bizning nomimizdan muzokaralar olib boradigan bunday malakasiz odam bo‘lmagan”, deb yozgan Bobert. 

Ayni paytda Putin va Bayden o‘rtasida kengaytirilgan tarkibda muzokaralar boshlangan. Sammit yakunlari bo‘yicha Vladimir Putin tomonidan matbuot anjumani o‘tkazilishi belgilangan. Jo Bayden esa matbuot anjumanini rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing