Bayden ma’muriyatidagi muhim shaxs lavozimini tark etadi 

Olam

image

Amaldagi Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki joriy yilning 13 may kuni o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda AQSH ma’muriyati ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, Oq uyning yangi vakili Psakining o‘rinbosari Karin Jan-Per bo‘ladi. 

“Men Karin Jan-Per Oq uyning navbatdagi Matbuot kotibi bo‘lishini faxr bilan e’lon qilaman. Karin bu qiyin ish uchun zarur bo‘lgan tajriba, iste’dod va halollikka ega. Jill (Jo Baydenning rafiqasi) va men Karinni uzoq vaqtdan beri bilamiz va hurmat qilamiz, u men va ma’muriyatimiz nomidan gapiradigan kuchli ovoz bo‘ladi”, deyiladi Baydenning bayonotida. 

Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Jen Psaki Oq uyning brifing xonasida hurmat va odob-axloqning yangi standartini o‘rnatgan. Bayden Amerika xalqi bilan samimiy muloqot va his-tuyg‘uni saqlab qolgani uchun unga minnatdorlik bildirgan. 

Qayd etilishicha, Karin Jan-Per hozirda Matbuot kotibining birinchi o‘rinbosari va Prezident yordamchisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda. U uzoq vaqtdan beri Bayden ma’muriyatida aloqa va siyosat sohasida rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Psaki

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing