Bayden Kongressdan Isroil va Ukraina uchun 74 mlrd dollarlik yordam so‘ramoqchi – “Reuters” 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun Kongressdan 60 milliard dollar va Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 milliard dollar so‘rash niyatida. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Aytilishicha, Bayden ma’muriyati tez orada Kongressdan 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ so‘rash niyatida, shundan 60 milliard dollari Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 14 milliard dollar esa Isroilni qo‘llab-quvvatlashga sarflanishi rejalashtirilgan.

Bildirilishicha, ushbu mablag‘ning taxminan yarmi AQSH o‘zining zaxiralarini to‘ldirish va qurollarini modernizatsiya qilishga sarflashi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 10 milliard dollar gumanitar yordamga, 14 milliard dollar migratsiya inqirozi sharoitida AQSH janubiy chegarasini himoya qilishga, 7 milliard dollar esa Hind-Tinch okeani mintaqasiga yordamga sarflanishi kutilmoqda.

“Foreign Policy” jurnali esa Bayden ma’muriyati hafta oxirida Kongressga Isroil, Ukraina va Tayvanga birgalikda yordam ko‘rsatish loyihasini tasdiqlashi mumkinligi, jumladan, Amerika chegaralarini himoya qilish uchun mablag‘ ajratilishi haqida xabar bergan. Biroq, nomi oshkor etilmagan amerikalik qonun chiqaruvchi nashr bilan suhbatda Kongress Vakillar palatasi bunday tashabbusni ma’qullashda muammolarga duch kelishi mumkinligini aytgan. Chunki bir guruh respublikachilar yordamni birlashtirishga qarshi. Agar Isroilni qo‘llab-quvvatlash va chegaralarni himoya qilish Vakillar palatasida savollar tug‘dirmasa, ba’zi respublikachilar Ukrainani qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashni tanqid qiladi, chunki ularning fikriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar allaqachon Kiyevga yetarlicha yordam bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Isroil Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing