Bayden Kiyevga safari davomida “arvoh poyezd”dan foydalangan – NYT
Olam
−
07 dekabr
10537Ukraina hukumati 2023 yil fevralda AQSH Prezidenti Jo Baydenning Kiyevga qilgan safari xavfsizligini ta’minlash uchun ikkita o‘xshash poyezdni turli yo‘nalishlarda harakatlantirgan. Bu haqda “Ukrzaliznitsya” temiryo‘l kompaniyasining kommunikatsiyalar va marketing bo‘yicha vitse-direktori Aleksandr Shevchenko “The New York Times” nashriga ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, 2023 yil AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevga tashrif buyurganida Ukraina temiryo‘llarida ikkita o‘xshash poyezd harakatga keltirilgan. Hech kim qaysi biri haqiqiy, qaysi biri esa “arvoh poyezd” ekanini bilmagan. Qayd etilishicha, xorijiy rahbarlar Ukrainaga tashrif buyurganda doimo ikki zaxira marshruti tayyorlanadi. Bayden “Rail Force One” deb nomlangan poyezdga chiqqan.
Ma’lumot uchun, xorijiy rahbarlar Kiyevga Polsha orqali poyezd bilan boradi. Chunki urush boshlangandan so‘ng mamlakatdagi havo yo‘llari xizmati to‘xtatilgan. Bayden 2023 yil 20 fevralda kutilmagan tashrif bilan Kiyevga borgan. Bu uning AQSH Prezidenti sifatida Ukrainaga qilgan birinchi safari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden ma’muriyati Kongressga Ukrainaning 4,6 mlrd dollar iqtisodiy qarzini bekor qilishi haqida bayonot bergandi.
LiveBarchasi