Bayden Xitoyni mag‘lub etish yo‘lini aytdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden iqtisodiy jihatdan Xitoydan o‘zib ketish yo‘lini aytdi. Bu haqda u AQSH Kongressiga har yilgi “Mamlakatning holati” haqidagi murojaati chog‘ida aytib o‘tdi.  

Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘n yillik infratuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Baydenning qayd etishicha, u Amerikani o‘zgartirib, uni XXI asrning iqtisodiy raqobatida g‘alaba qozonish yo‘liga solib qo‘yadi, bunda Vashington boshqa barcha davlatlar, ayniqsa Xitoy bilan to‘qnash keladi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda qabul qilingan keng ko‘lamli infratuzilma islohoti Pekinni ortda qoldirishga yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilda Bayden Amerika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga rekord darajadagi trillion miqdorida sarmoya kiritish haqidagi qonunni imzolagandi. U o‘z chiqishlarida milliy infratuzilmani modernizatsiya qilishdan bosh tortish Qo‘shma Shtatlarga XXI asrning iqtisodiy poygasida – birinchi navbatda, Xitoy bilan raqobatlashishga imkon bermasligini bir necha bor aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Bayden

Baholaganlar

1703

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing