Bayden Xitoydan tashvishda ekanini ma’lum qildi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden inauguratsiyasidan keyin ilk bor Xitoy rahbari Si Szinpin bilan suhbatlashdi. Bu haqda Oq uy xabar bermoqda. 

Muzokaralar davomida Amerika rahbari hamkasbini Xitoy tomoni bilan "amaliy, natijaga yo‘naltirilgan" aloqani davom ettirish niyatida ekaniga ishontirgan. 

Shu bilan birga, Bayden Pekinning iqtisodiy siyosati, Gonkongdagi repressiyalar, Sinszyandagi inson huquqlari buzilishi va "hududda tobora kuchayib borayotgan harakatlar", shu jumladan Tayvan bilan munosabatlardan tashvishda ekanini bildirgan. 

"Prezident Bayden Amerika xalqining xavfsizligi, farovonligi, sog‘lig‘i va turmush tarzini himoya qilish va Hindiston-Tinch okeanining erkin va ochiq mintaqasini saqlab qolish uchun o‘zining ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqladi", deyilgan xabarda. 

Bundan tashqari, tomonlar yangi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va sog‘liqni saqlashning umumiy global muammolari, iqlim o‘zgarishi va qurol-aslahalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha fikr almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

343

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing