Bayden Karimov davrida O‘zbekistonda ishlagan diplomatni Kiyevga elchi qilib yubormoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Oq uy Ukrainaga O‘zbekistonda faoliyat yuritgan diplomatni elchi qilib yubormoqchi. Bu haqda kecha, 25 aprel kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berib, u hozirda Slovakiyadagi Amerika diplomatik missiyasi rahbari lavozimini egallab turganini ta’kidladi.

Xabarda qayd etilishicha, AQSH Prezidenti mamlakatning Ukrainadagi elchisi lavozimiga Bridjit Brink nomzodi ko‘rsatilganini e’lon qilgan. 

“Prezident Bayden bugun amerikalik faxriy diplomat Bridjit Brink nomzodini Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor elchi lavozimiga ko‘rsatish niyatida ekanligini ma’lum qildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Brink nomzodi AQSH Senati tomonidan tasdiqlanishi kerak. 

U avval Davlat departamenti shtab-kvartirasida va Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashida ishlagan. Diplomatik xizmatdagi birinchi xorijiy xizmat safarida u 1997-1999 yillarda Belgradda (Serbiya) bo‘lgan. 2014-2015 yillar (Prezident Islom Karimov rahbarligi davri – tahr.)da AQSHning Toshkentdagi (O‘zbekiston) elchixonasi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. 2019 yil 20 avgust kuni Slovakiyadagi elchixonaga rahbarlik qilgan. 

“U rus tilida gapiradi, slovak, serb, gruzin va fransuz tillarini o‘rgangan”, deyiladi Oq uy xabarida. 

AQSHning Kiyevdagi diplomatik missiyasi rahbari lavozimida 2019 yilning may oyigacha Mari Yovanovich ishlagan. U Vashingtonga chaqirib olingach, ushbu lavozim bo‘sh turgan edi. AQSHning Ukrainadagi Muvaqqat ishlar vakili hozirda Kristina Kvin hisoblanadi. Yovanovich Kiyevga 2016 yilda Prezident Barak Obama davrida tayinlangan. 2019 yilning may oyida u o‘zini sadoqatsizlikda ayblagan Prezident Donald Tramp talabiga ko‘ra lavozimini tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bridjit Brink

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing