Bayden ishga kirishgach, Trampning bir nechta qarorini “bir yoqli” qilmoqchi
Olam
−
08 noyabr 2020
16703AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden rasman yangi lavozimiga kirishgach, ishni nimadan boshlashini o‘ylab qo‘ydi. U AQSHning muddati tugab borayotgan Prezidenti Donald Trampning bir nechta qarorini bekor qilmoqchi.
Xususan, siyosatchi AQSHni Parij iqlim kelishuviga qaytarib, mamlakatning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqishini bekor qilmoqchi. Shuningdek, immigratsiyaga qo‘yilgan cheklovni ham “bir yoqli” qilish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, AQSH 2015 yilda qabul qilingan Parij iqlim kelishuvidan joriy yilning 4 noyabr kuni rasman chiqib ketdi. Trampning JSST bilan kelisholmasligi sabab u mamlakatini bu tashkilotdan ham chiqarishga qaror qilgandi. Amerika kelasi yil yozida tashkilotni tark etishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, 3 noyabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Jo Bayden g‘alaba qozondi. Jorjia, Shimoliy Karolina va Alyaskada byulletenlarni sanash yakunlanmagan. Ammo Bayden kerakli 270 ta vakillik ovozini yig‘ib bo‘ldi. Trampda esa 214 ta vakillik ovozi bor.
LiveBarchasi