Bayden inauguratsiya marosimidan oldin nimalar bilan band? 

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 20 yanvar kuni AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning inauguratsiya marosimi o‘tkaziladi. 

Inauguratsiya marosimidan bir necha soat oldin Jo Bayden va saylangan vitse-prezident Kamola Xarris Linkoln yodgorligiga tashrif buyurdi. 

Qayd etilishicha, u yerda koronavirusdan vafot etgan barcha amerikaliklarni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tgan.

Koronavirus pandemiyasi mamlakatning 400 mingdan ortiq fuqarosining hayotiga zomin bo‘lgan. Ularni xotirlab, yodgorlik majmuasidagi hovuz atrofiga 400 ta chiroq qo‘yilgan. 

Marosim maxsus quyosh botayotgan paytda o‘tkazilgan. Bu Jo Bayden ta’kidlaganidek, ertami-kechmi zulmat ortga chekinishining belgisi.

"Dardimizga malham bo‘lishi uchun biz ularni xotirlashimiz kerak. Ba’zida xotirlash juda qiyin, ammo biz buni bajarishimiz shart. Bu yaralarimizni davolashning yagona usuli. Shuning uchun biz bugun bu yerdamiz. Yo‘qotganlarimizni barchasini xotirlab, yorqin nur aks ettiraylik", degan AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar 24 mlndan oshgan. 411 mingdan ko‘p kishi virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

73

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing