Bayden imzolagan 200 mln dollarlik paket Ukraina uchun oxirgisi bo‘lishi mumkin – Blinken

Olam

image

AQSH Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Ukrainaga 200 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi, agar AQSH Kongressi Kiyev ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishga rozi bo‘lmasa, oxirgi paketlardan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken yozma bayonotida ma’lum qilindi.

“Agar AQSH Kongressi qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha chora ko‘rmasa, bu biz Ukrainaga ko‘rsata oladigan xavfsizlik bo‘yicha so‘nggi yordam paketlaridan biri bo‘ladi”, deyiladi AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati bayonotida.

Hujjatda ta’kidlanishicha, joriy yordam paketiga havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun o‘q-dorilar va butlovchi qismlar, HIMARS MLRS uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, 155 mm va 105 mm artilleriya snaryadlari, tankka qarshi snaryadlar, o‘q-dorilar, shuningdek, ehtiyot qismlar va yordamchi uskunalar kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika yetakchisi Jo Bayden o‘zining ukrainalik mavqedoshi Vladimir Zelenskiy bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Qo‘shma Shtatlar tomonidan Kiyevga 200 million dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketi ajratilishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing