Bayden ikki ayolni muhim harbiy lavozimlarga tayinladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ikki nafar ayolni mamlakat Qurolli Kuchlarida Qo‘mondonlik boshlig‘i lavozimlariga tayinlaganini e’lon qildi. 

Davlat rahbari Oq uyda o‘tkazilgan marosimda general Jaklin Van Ovostni AQSH Havo kuchlari Transport qo‘mondonligi boshlig‘i etib, general-leytenant Lora Richardsonni esa AQSH Havo kuchlari Janubiy qo‘mondonligi rahbari etib tayinlaganini ma’lum qilgan. 

Ta’kidlanishicha, ayollar to‘rt yulduzli generallar darajasida bo‘lishadi, bu AQSHdagi eng yuqori harbiy unvondir. 

"Bugun Xalqaro xotin-qizlar kuni va biz barchamiz to‘siqlarni buzayotgan ushbu ayollarning yutuqlarini tan olishimiz kerak", degan Bayden Oq uyda so‘zlagan nutqi davomida. 

Prezident ikkala generalni ham tanishtirib, ularning tarjimai holi haqida ham gapirgan. 

Van Ovost va Richardson harbiy uchuvchilar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

105

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing