Bayden F-16’ning Turkiyaga o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaydi – Oq uy
Olam
−
31 may 2023
3849AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishga qarshi emas. Bu haqda kecha, 30 may kuni Oq uy rasmiy vakili Karin Jan-Per ma’lum qildi.
“Prezident Bayden uzoq vaqtdan beri Turkiyaga F-16 samolyotlarini sotishni qo‘llab-quvvatlab keladi, bu NATOning ishtirokini osonlashtiradi”, degan u kundalik brifingda.
Jan-Perning aytishicha, Anqaraga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasi bilan bog‘liq emas.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda turkiyalik mavqedoshi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon suhbati chog‘ida Bayden Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qullashini “kuchli istashi”ni bildirgan.
Aytish joizki, Turkiya AQSHdan 20 milliard dollarlik F-16 samolyotlari va 80 ga yaqin modernizatsiya to‘plamini sotib olishga harakat qilmoqda. Bayden ma’muriyati savdoni qo‘llab-quvvatlashini qayta-qayta ta’kidlagan bo‘lsada, AQSH Kongressi Anqaraning NATO kengayishiga yashil chiroq qo‘yishdan bosh tortgani, uning inson huquqlari va Suriya siyosatiga e’tirozlari tufayli savdoni to‘xtab qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga telefon qilib, uni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagandi. Suhbat chog‘ida Erdo‘g‘an Anqaraning AQSHdan F-16 qiruvchi samolyotini sotib olish loyihasi ustida ishlash haqida so‘z ochgan bo‘lsa, Bayden Turkiyaning Shvetsiyasini NATOga a’zo bo‘lishiga qo‘ygan cheklovidan voz kechishini istashini bildirdi. Prezidentlardan so‘ng Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, unda ham Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni muhokama qilindi. Keyichalik Blinken Shvetsiyaning NATOga kirishi yaqin haftalarda yakunlanishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi