Bayden Eronni “ozod qilishga” va’da berdi

Olam

image

Kecha, 3 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Kaliforniyadagi saylovoldi nutqi chog‘ida, Eronni “ozod qilishga” va’da berdi va mamlakat hukumatiga qarshi harakat qilayotgan namoyishchilar tez orada o‘zlarini “ozod qilishga” muvaffaq bo‘lishlarini aytdi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

"Xavotir olmang, biz Eronni ozod qilmoqchimiz. Ular tez orada o‘zlarini ozod qilmoqchi", degan Bayden.

Prezidentning Kaliforniyadagi keng ko‘lamli saylovoldi nutqi chog‘ida, o‘nlab saylovchilar eronlik namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlovchi bannerlar bilan tashqarida to‘planishgan.

Bayden Eronni “ozod qilish” haqidagi gaplariga qo‘shimcha izoh bermagan. Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashi ham Prezidentning Eron haqidagi gaplarini to‘ldirmagan.

Eronda yetti haftadan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishlar 22 yoshli Mahsa Aminining Eron axloq politsiyasi nazorati ostidagi o‘limi bilan alangalandi.

“Reuters”ga ko‘ra, eronliklarda 1979 yilgi Islom inqilobidan keyin muxolif va tanqidiy fikrlashga nisbatan qo‘rquv bor edi. Aminining o‘lim ortidan boshlangan namoyish eronliklar qo‘rquvni yengayotganini bildiradi.

2 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiylari ayollar huquqini buzayotgan va namoyishlarni shafqatsiz bostirayotgan Eronni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar komissiyasidan chiqarib tashlamoqchiligini ma’lum qildi.

Eron rasmiylari esa AQSH va G‘arbni mamlakat ichida sodir bo‘layotgan voqealarni provokatsiya qilishda ayblab keladi.

Eronda har yili mart oyida yig‘iladigan Gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan komissiya to‘rt yillik vakolatini yaqinda boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing