Bayden Eronni Isroilga hujum qilmaslikka chaqirdi

Olam

image

Yaqinda Isroilning Suriyadagi Eron elchixonasining konsullik bo‘limiga bergan zarbasiga javoban harbiy kuch ishlatish niyatida bo‘lsa, Tehron muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden bayonot berdi. 

“Biz Isroilni himoya qilishga sodiqmiz. Biz Isroilni qo‘llab-quvvatlaymiz, Isroilni himoya qilishga yordam beramiz. Eron esa muvaffaqiyatga erisha olmaydi”, deydi u Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan. 

Shu bilan birga Amerika rahbari Tehronni hozirgi vaziyatda kuch ishlatmaslikka chaqirdi. 

Ayni vaqtda Eronga qanday chaqiriq bilan chiqmoqchisiz, degan savolga Bayden: “Buni qilmang”, deb javob bergan. 

Bosh shtab boshlig‘idan, shuningdek, Eronning Isroilga ehtimoliy zarbasini qachon kutish mumkinligiga aniqlik kiritish so‘ralgan. Bayden AQSH razvedkasi ma’lumotlarini oshkor qilishni istamasligini bildirgan.  

“Mening umidim kech emas, tezroq”, deya qo‘shimcha qildi Prezident.

Islom inqilobi posbonlari korpusining Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi joriy yilning 1 aprel kuni Isroil havo kuchlarining Suriya poytaxtidagi Eron elchixonasi konsullik bo‘limiga bergan zarbasi oqibatida yetti nafar eronlik harbiy maslahatchi halok bo‘lganini e’lon qildi. Hujumda Islom inqilobi posbonlari korpusining ikki generali va yana besh zobiti qurbon bo‘ldi. Isroil hodisa uchun hech qanday rasmiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Ayni vaqtda Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Xagari CNN telekanaliga bergan intervyusida Damashqdagi konsullik emas, Islom inqilobi posbonlari korpusi harbiy inshooti hujumga uchraganini aytdi. 

Amerika Qo‘shma Shtatlari, CBS televideniyesi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron 12 apreldayoq yuzdan ortiq dron va o‘nlab raketalar bilan Isroil harbiy nishonlariga hujum qilishi mumkin, deb hisoblaydi. Telekanal manbalariga ko‘ra, yahudiy davlati Damashqdagi Eron konsulligiga qilingan hujum uchun o‘ch olishdan o‘zini himoya qilishi qiyin bo‘ladi. Shu bilan birga, ular Tehron vaziyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun kichikroq miqyosdagi hujum ehtimolini ko‘rib chiqishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 12 aprel kuni O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarga ehtiyotkorlik va xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish hamda doimiy ravishda hushyorlik zarurligini eslatgan, shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish uchun zaruratsiz yashab turgan joyni tark etmaslikni tavsiya qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden Isroil-Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing