Bayden Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, rahmat aytdi
Olam
−
11 mart 2022
14998AQSH Prezidenti Jozef Bayden Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbatda mintaqaviy masalalar, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi muhokama qilingan.
Muloqot chog‘ida Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning Rossiya-Ukraina inqirozi yanada chuqurlashsa, unga yechim topishda vositachi bo‘lishi muhimligiga ishora qilgan.
Uning ta’kidlashicha, hatto Turkiya, Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlarining Antaliyada uch tomonlama uchrashuvini tashkil etishning o‘zi diplomatik g‘alabadir.
"Prezident Bayden Turkiyaning mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlari hamda Turkiyaning mintaqaviy yetakchilar bilan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradigan yaqinda olib borgan aloqalari uchun minnatdorchilik bildirdi", deyiladi Oq uy xabarida.
Uchrashuvda Turkiya-Amerika munosabatlarining bugungi holati yuzasidan ham fikr almashilgan.
Turkiya davlat rahbari AQSH prezidentiga Turkiya mudofaa sektoriga qarshi barcha asossiz sanksiyalarni bekor qilish zarurati haqida gapirgan.
Prezident Erdo‘g‘an, shuningdek, suhbatdosh e’tiboriga Anqara Amerika tomoni Turkiyaning 40 ta yangi F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish va o‘z ixtiyorida bo‘lgan ushbu konfiguratsiyadagi samolyotlarni modernizatsiya qilishni o‘z ichiga olgan Turkiya talabini imkon qadar tezroq bajarishini kutayotganini ta’kidlagan.
LiveBarchasi