Bayden chegaraga borib, muxojirlar bilan uchrashdi
Olam
−
09 yanvar 2023
8498Jo Bayden AQSH Prezidenti bo‘lganidan buyon birinchi marta migratsiya inqirozi ko‘lamini joyida baholash uchun mamlakat janubiy chegarasiga bordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Prezident layneri Meksika bilan chegaradagi El-Paso shahriga bordi. U yerda Baydenni respublikachi Texas gubernatori, hozirgi Demokratik ma’muriyatning migratsiya siyosati tanqidchilaridan biri Greg Abbott kutib oldi.
So‘nggi vaqtlarda aynan El-Paso orqali noqonuniy muhojirlarning salmoqli qismi Qo‘shma Shtatlarga kirishga harakat qilmoqda. Bayden kelishidan oldin Abbott federal hokimiyat va demokrat rahbarlik qiladigan shahar meriyasini noqonuniy muhojirlarni shoshilinch ravishda ko‘chalardan olib chiqayotgani uchun tanqid qildi.
Bir necha soatlik tashrifidan so‘ng, Bayden aeroportda Abbott bilan gaplashdi, biroq jurnalistlar suhbat mazmunini bila olmadi. Prezident bilan Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas va migratsiya inqirozi bilan shug‘ullanish uchun tayinlangan Vitse-prezident Kamola Xarris uchib ketdi.
O‘tgan hafta Bayden janubiy chegaraga qo‘shimcha kuchlarni yuborish niyatini e’lon qildi va noqonuniy muhojirlarni jadal deportatsiya qilish amaliyotini oshirishni buyurdi, biroq keyinchalik Bayden har oy Nikaragua, Kuba va Gaitidan 30 ming kishini qonuniy ravishda mamlakatga kiritishni taklif qildi.
So‘nggi ikki yilda Qo‘shma Shtatlarga kirishga uringan noqonuniy muhojirlar soni 450 ming nafardan deyarli 2,4 million kishiga yetdi.
Bayden El-Pasoga tashrif buyurganidan keyin Shimoliy Amerika yetakchilari sammitida ishtirok etish uchun Meksikaga boradi.
LiveBarchasi