Bayden Amerika neft kompaniyalari urush ortidan boyiganini aytdi
Olam
−
01 noyabr 2022
5605Amerika Qo‘shma Shtatlari neft kompaniyalari global energetika bozorida rekord darajada foyda ko‘rmoqda. Biroq, ichki bozorda yoqilg‘i narxini pasaytirishdan bosh tortib, Amerika xalqini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini bajara olmayapti. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning 31 oktyabr kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda aytdi.
“Neft sanoati Amerikaga sarmoya kiritish va Amerika xalqini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini bajara olmadi. Yirik neft kompaniyalari birin-ketin rekord darajadagi daromadlar haqida xabar berishdi va bu ular qilgan ish uchun adolatli kompensatsiyadir. Naqadar katta foyda, bunga ishonish qiyin. Ammo Amerikaga sarmoyani ko‘paytirish yoki amerikalik iste’molchilar uchun vaziyatni yaxshilash o‘rniga ular ortiqcha daromadlarini aksiyadorlarga yo‘naltirmoqdalar”, degan Bayden.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy yoqilg‘ining narxini pasaytirishdan bosh tortgan kompaniyalar uchun soliqlar miqdori oshiriladi.
“Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Kongress bilan birgalikda mahalliy yoqilg‘i narxini pasaytirishdan bosh tortgan Amerika neft kompaniyalariga soliqlarni oshirish va boshqa cheklovlarni joriy qilish ustida ishlamoqda”, degan Bayden.
U yana bir bor neft kompaniyalarini quvvatni oshirishdan ko‘ra, kutilmagan foyda evaziga o‘z aksiyalarini sotib olish bilan shug‘ullanayotgani uchun tanqid qildi.
“O‘z iste’molchilari, o‘z mamlakatlari manfaati yo‘lida harakat qilish, ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatlarini oshirish orqali Amerikaga sarmoya kiritish menimcha, ularning burchi hisoblanadi. Ammo kompaniyalar buni qilishni xohlamaydi. Yoqilg‘i iste’molchilar uchun bo‘lishi kerak. Agar ular narxlarni tushirmasa, ortiqcha foyda solig‘ini to‘laydi va boshqa cheklovlarga duch kelishadi. Mening jamoam Kongress bilan biz uchun mavjud bo‘lgan variantlarini ko‘rib chiqish uchun ishlaydi", degan Prezident.
Baydenning iddao qilishicha, neft kompaniyalari uchun o‘z majburiyatlarini bajarish vaqti keldi. Shuningdek, u neft kompaniyalari Rossiyaning Ukrainaga qilayotgan urushi ortidan boylik ortirayotganidan hayratga tushgan.
“O‘tgan olti oy ichida oltita yirik neft kompaniyasi taxminan 100 milliard dollar ishlab oldi. 200 kundan kamroq vaqt ichida 100 milliard dollar daromad oldi. Men bu daromadlarni g‘ayrioddiy deb bilaman. Men uchun korporatsiyalarning adolatli foyda olishi muammo emas. Ammo ular adolatli foyda olayotgaini yo‘q. Ularning foydasi - urush foydasi”, degan Bayden.
LiveBarchasi