Bayden AQSHda favqulodda holat e’lon qildi
Olam
−
07 iyun 2022
49795AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi sababli favqulodda holat e’lon qildi.
Oq uy tomonidan e’lon qilingan hujjatda Baydenning ta’kidlashicha, AQSHning zarur miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish qobiliyatiga tahdid soluvchi “bir nechta omillar” mavjud.
“Men, kichik Jozef R. Bayden, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti, Qo‘shma Shtatlar Konstitutsiyasi va qonunlarida berilgan vakolatlar bilan, iste’molchi talabini qondirish uchun yetarlicha elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatiga tahdidlar mavjudligi sababli favqulodda holat mavjudligini e’lon qilaman”, deyiladi xabarda.
Ushbu muammoni hal qilish uchun u, xususan, Kambodja, Malayziya, Tailand va Vetnamdan olib kelingan “ayrim quyosh batareyalari va modullarini” ikki yil muddatga import bojlaridan ozod qildi.
U avvalroq AQSHda quyosh energiyasi ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun Mudofaa ishlab chiqarish to‘g‘risidagi qonunga murojaat qilgan. Vashington bu “xorijiy yetkazib beruvchilar va dushman davlatlar”ga qaramlikni kamaytirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
LiveBarchasi