Bayden 30 yil kutilgan yangilikni aytdi
Olam
−
08 iyul 2023 26930 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 7 iyul kuni Vashington kimyoviy qurollarning qolgan zaxiralarini yo‘q qilganini tasdiqladi.
“30 yildan ortiq vaqt davomida Qo‘shma Shtatlar kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilish uchun tinimsiz harakat qildi. Bugun men Qo‘shma Shtatlar ushbu o‘q-dorilarning oxirgisini xavfsiz tarzda yo‘q qilib, bizni kimyoviy qurol dahshatlaridan xoli dunyoga bir qadam yaqinlashtirganini faxr bilan e’lon qilaman”, deydi AQSH yetakchisi.
U barcha mamlakatlarni Kimyoviy qurol bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishga chaqirdi. Baydenning ta’kidlashicha, Rossiya va Suriya ham konvensiyaga rioya qilishga qaytishi va "e’lon qilinmagan dasturlarini tan olishi" kerak.
Konvensiyaga qo‘shilish vaqtida AQSH zaxiralari 31,5 ming tonnaga baholangan. Amerika kimyoviy qurollarining oxirgi zaxiralari Kentukkidagi Blyu-Grass harbiy omborida saqlangan. Avvalroq ularning yo‘q qilinishi haqida Kongress yuqori palatasidagi respublikachilar ozligi yetakchisi Mitch Makkonnell ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi