Bayden hafta oxirigacha saylov poygasidan chiqishi mumkin – OAV
Olam
−
18 iyul
6410AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongress yetakchilari, Demokratik partiya a’zolari va yaqin do‘stlarining bosimi ortib borayotgani sababli 20-21 iyul kunlari saylov poygasidan chiqishini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda manbalariga tayanib, “Axios” portali xabar berdi.
Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi Prezidentning partiyadoshlari, yaqinlari, shuningdek, saylov kampaniyasining eng yirik donorlari Bayden o‘z yoshi haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartirmaydi, Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmaydi va asosiy raqibi respublikachi Donald Trampni mag‘lub etmaydi, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jo Bayden sog‘lig‘ida muammo bo‘lsa, saylovdan voz kechishi mumkinligini aytgandi. Kecha, 17 iyul kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Prezident Baydenda COVID-19 testi ijobiy chiqqanini ma’lum qildi. CNN esa AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi Bayden bilan suhbatda u saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmasligini aytganini xabar qildi.
LiveBarchasi