“Bavariya” murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image

Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani bilan amaldagi shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirganini ma’lum qildi. Belgiyalik mutaxassisning amaldagi bitimi avval 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan edi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Kompani “Byornli”ni tark etib, “Bavariya”ga kelganidan so‘ng qisqa vaqt ichida jamoa bilan ikkita sovrinni –  Bundesliga chempionligi va Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Dastlab uning tajribasi borasida shubhalar bo‘lgan bo‘lsa-da, u o‘zini Yevropaning eng yuqori darajadagi klublaridan birini boshqarishga qodir murabbiy sifatida ko‘rsatdi.

“Men minnatdorman va faxrlanaman. Birinchi kundan boshlab menga bildirilgan ishonch uchun klub rahbariyatiga rahmat aytaman. Bu yerda o‘zimni juda qulay his qilyapman va “Bavariya”ning bir qismiga aylanganimdan xursandman. Oldimizda yana ko‘plab maqsadlar bor, birgalikda ularga erishamiz”, deydi Kompani klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, myunxenliklar hozirda Bundesligada peshqadamlikni saqlab turibdi va Yevropa maydonida o‘z mavqeini tiklashni maqsad qilgan. Vensan Kompani shogirdlari Chempionlar ligasi 3-turida Belgiya klubi “Bryugge”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 23 oktyabr kuniga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bundesliga “Bavariya” Vensan Kompani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing