Mirziyoyev va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi samimiyat OAVning kun tartibiga chiqdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib turibdi. Kecha, 14 oktyabr kuni start olgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining asosiy tadbirlari bugun, 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Kecha, 14 oktyabr kuni O‘zbekiston rahbari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar.

Shu kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining Oliy martabali mehmonlari sharafiga kechki ovqat dasturxoni yozildi. Unda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev , Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranboy Jeenbekov ishtirok etgan. 

Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kechki ovqatdagi salomlashishi, suhbati o‘ta samimiy ruhda kechgan.

“Ular bir-birini bag‘riga bosib, samimiy muloqot qildi”, deb yozmoqda Turkiya nashrlari. Ular kechki ovqatdan keyingi choy suhbatida ham yonma-yon o‘rindiqlarda o‘tirgan. 

2017 yilning kuzida Turkiyada va o‘tgan yilning bahorida O‘zbekistonda davlat tashriflari doirasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar konstruktiv siyosiy muloqot va amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Keyingi yillarda O‘zbekistonda 750 dan ziyod qo‘shma korxona tashkil etildi. Shuningdek, o‘zaro savdo hajmi ikki barobar ortdi. Turkiya biznesining O‘zbekiston bozoriga chiqishdan manfaatdorligi ortib, ishbilarmonlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

235

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing