“Bavariya” yosh darvozabon sotib oldi. Noyerning taqdiri nima bo‘ladi?
Sport
−
24 aprel 2020
4558“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer jamoa bilan kamida 2024 yilgacha yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Bu haqda Sport1 portali yozmoqda.
Xabarga ko‘ra, “Bavariya” darvozabonga uch yillik shartnoma, mavsum uchun 12 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qildi. Noyer bu taklifga rozi emas va kamida to‘rt yilga shartnoma tuzmoqchi. Shu bilan birga, u 20 million yevro maosh kutmoqda. Darvozabonning hozirgi darvozabon shartnomasi 2021 yil iyunida yakuniga yetadi.
Ta’kidlanishicha, Noyer shu tarzda o‘zini jamoaning asosiy darvozaboni maqomini kafolatlamoqchi. Yanvar oyi boshida “Bavariya” “Shalke”ning 23 yoshli darvozaboni Aleksandr Nyubel bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2020 yilning yozida boshlanadi.
Manuel Noyer 2019/20 yilgi mavsumda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol o‘tkazib yuborgan. Darvozabon 34 yoshda, u 2011 yil yozida “Shalke”dan “Bavariya”ga o‘tgan. Myunxen klubi tarkibida yetti marta Germaniya chempionligini, to‘rt marta Germaniya kubogini, shuningdek, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi. U Germaniya terma jamoasida 92 ta o‘yin o‘tkazgan va ushbu jamoa bilan 2014 yil Jahon chempioniga aylangan.
LiveBarchasi