“Bavariya” YeCHLda gol urish bo‘yicha rekord qayd etdi
Sport
−
03 noyabr 2021 2689 1 daqiqa
Myunxenning “Bavariya” klubi UEFA Chempionlar ligasida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki Yulian Nagelsmann jamoasi YeCHL guruh bosqichining 4-turida “Benfika”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi va joriy mavsumda turnirning dastlabki to‘rtta o‘yinida 17 ta gol urgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylandi.
Bunga qadar ushbu natijaga 2017 – 2018 yilgi mavsumda PSJ erishgan. O‘shanda parijliklar aynan “nemis mashinasi” bilan bir guruhdan o‘rin olgandi.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining barcha o‘yinida g‘alaba qozongan “Bavariya” muddatidan avval Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Ma’lumot uchun, to‘purarlar poygasida myunxeliklar vakili Robert Levandovski peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 3 uchrashuvda 6 ta gol urgan Sebastyan Alle (“Ayaks”), uchinchi pog‘onada esa Krishtianu Ronaldu va Muhammad Saloh qayd etilgan. Ular 5 martadan raqiblar darvozasini ishg‘ol etishgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025