“Bavariya” Robert Levandovskiga yangi shartnoma taklif qilmasligi mumkin

Sport

image

“Bavariya” polshalik hujumchisi Robert Levandovski bilan yangi shartnoma imzolash borasidagi muzokaralarni boshlamadi. Nemis klubida buning uchun bir nechta asoslar borligi aytilmoqda.

Birinchidan, “Bavariya” rasmiylari joriy yilning yozida “Borussiya Dortmund” futbolchisi Erling Xolandni transfer qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Norvegiyalikning transferi klubga 70-80 million yevroga tushadi. 

Ikkinchi sabab esa Levandovskining maoshidir. Polyak "Bavariya"da yiliga 25 million yevro maosh oladi, bu boshqa futbolchilarnikiga qaraganda ancha ko‘p hisoblanadi. Klub koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan inqiroz munosabati bilan pulni tejash niyatida. Bu haqda “Sky Sport” xabar berdi.

Shuningdek, klub hujumchi bilan shartnomani uzaytirishga qarshi bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki Robert yiliga 50-60 talab gol urmoqda. Qolaversa, "Bavariya" rasmiylari shu yilning yanvar oyida Levandovski faoliyatini Myunxenda yakunlasa xursand bo‘lishini aytgan edi. Biroq ular hanuz Levandovskiga yangilangan kelishuv taqdim qilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Robert Levandovskining “Bavariya” bilan imzolagan shartnomasi 2023-yilning yozida poyoniga yetadi. 33 yoshli hujumchi joriy mavsumda nemis jamoasi safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

"Bavariya" Levandovski

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing