“Bavariya” PSJ ustidan g‘alaba qozondi
Sport
−
05 noyabr 1542 2 daqiqa
Kecha, 4 noyabr oqshomida Chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi markaziy uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya chempioni “Bavariya” mezbon PSJ ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, joriy mavsumdagi 16-g‘alabasini qayd etdi. Uchrashuv qahramoni bo‘lgan Luis Dias ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi, biroq tanaffus arafasida qizil kartochka olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Uchrashuvni “Bavariya” faol boshladi va yuqori pressing bilan hujum qildi. 4-daqiqada Luis Dias hisobni ochishga erishdi. 25-daqiqada esa Usmon Dembele jarohati sababli maydonni tark etdi.
O‘yinning 32-daqiqada Dias raqib himoyachisi Markinosning xatosidan foydalanib, 2-golini urishga erishdi. Tanaffus arafasida esa Diasning Ashraf Hakimiga nisbatan qo‘polligi uchun hakam to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Ushbu vaziyatda Hakimi jarohat olib, maydonni tark etdi.
Ikkinchi bo‘limda PSJ to‘p nazoratida ustunlik qildi. Parijliklarning yagona goli 74-daqiqada o‘yinga zaxiradan qo‘shilgan Joao Nevesh tomonidan kiritildi. Neves Li Kang Inning uzatmasidan so‘ng hisobni qisqartirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Nevesh bosh bilan ham hisobni tenglashtirishga yaqin keldi, biroq Manuel Noyerning ishonchli seyvlaridan so‘ng “Bavariya” g‘alabani saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, mazkur natijadan so‘ng Vensan Kompani shogirdlari 12 ochko bilan 36 jamoa ishtirok etayotgan Chempionlar ligasi guruh bosqichida yetakchilikni mustahkamlab oldi. PSJ esa 9 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushib ketdi.
Live
Barchasi