“Bavariya” Noyer va Myuller bilan xayrlashmoqchi
Sport
−
12 iyun
1874Darvozabon Manuel Noyer va yarim himoyachi Tomas Myuller 2025 yilning yozida “Bavariya”ni tark etishi mumkin. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Har ikki futbolchining shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida tugaydi va klub rahbariyati ular bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.
Qayd etilishicha, “Bavariya” futbolchilarning ketishi tufayli moliyaviy yukni yengillatmoqchi. Ular “Bavariya”da yiliga taxminan 20 million yevrodan maosh oladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum 34 yoshli Myuller Myunxen klubi safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Noyer esa 33 ta o‘yinda jamoasi darvozasini qo‘riqlab, 11 ta o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.